O’ZBEKISTON—YOSHLAR MAMLAKATI
Keywords:
Yoshlar, kelajak,bunyodkorlik,tarix,komil inson,siyosiy barqarorlik,Prezident va yoshlar,davlat siyosati,milliy g’oya,dunyo hamjamiyati,huquqiy savodhonlik,manaviyat,manaviy jasorat,maqsad,yosh avlod,kitobxonlik,yuksak marifat,ajdodlar. Yoshlar — har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.Abstract
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Yoshlar har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi. Zero, har bir jamiyatning holati, taqdiri va istiqboli unda yashayotgan yoshlarning salmog‘i, ma’naviyati va ongliligi darajasi bilan belgilanadi. Yoshlar jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol a’zosi, ta’bir joiz bo‘lsa jamiyat ertasining munosib vorislaridir. Mazkur nuqtai nazarga ko‘ra ham yoshlar davlat va jamiyat tomonidan doimiy e’tiborda.
References
Sh.Mirziyoyev Yangi O’zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi
Islom Karimov
Yuksak manaviyat yengilmas kuch