MAKTAB O’QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

MAKTAB O’QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

Authors

  • Artikova Iroda Akmalovna Samarqand viloyati Samarqand shahri 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi

Keywords:

kasb, qobiliyat,moyillik,bitiruvchi,mehnat

Abstract

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash g’oyat muhim vazifadir. Shu boisdan yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish muammosi umumiy o’rta ta’lim maktabi ishida katta o’rin tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan kasb”, “Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir maktab bitiruvchi yigit va qiz oldida turgan asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning o’qishga bo’lgan chanqoqligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma bu maktabdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini mustaqil holda bilish (Inson-tabiat, inson-texnika, inson-badiiy timsol, inson-belgili tizim), tanlayotgan kasbning talablarini o’z shaxsiy sifatlari bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi, qobiliyati, salomatligi tanlanayotgan kasbga muvofiqligini to’g’ri baholash ko’nikmalari shakllanishi lozim. O`qituvchining kasb-hunarga yo’naltirishdagi asosiy vazifasi – har bir bitiruvchi o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik, ehtiyojlari, atrof-muhitni, oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama o’rganishdan iborat bo’lishi kerak.

References

Muslimov N.A. Bo`lajak kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirish. (Monografiya). T.: Fan, 2004, - 128 b.

Abdukodirov A.A., Rashidov X.F. O’zluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. // Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. T.: Maktab va xayot, 2002.-220 b.

Bozorova S. Oliy ta’limda kasbiy yunaltirilgan o’qitish texnologiyalari.

– T.: Fan, 2006, - 126 b.

Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi. Monografiya. -T.:Fan. 2006

Xolmatov P. Raximov B. Darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi.-T.:Fan.2006.

Кучукбоев Ф.М. O`quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish jarayonida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Т. 2016.

Downloads

Published

2024-07-01
Loading...